Shteyn
Shteyn (nemischa tosh) — rangli metallurgiyaning oraliq yoki qo’shimcha mahsuloti. Sulfidli (oltingugurtli) rudalar va ruda aralashma (kontsentrat) laridan ba’zi rangli metallar (mis, nikel, qo’rg’oshin va boshqalar) olishda ishlatiladi. Tarkibidagi boshqa metallarning sulfidlari miqdoriga qarab, Shteyn misli, nikelli, misnikelli, qo’rg’oshinli, misqo’rg’oshinli turlarga bo’linadi. Ba’zi Shteynda rux, marganes, kumush, kaltsiy va boshqalar metallarning sulfdlari ham bo’ladi. Rangli metallar (masalan, mis) olish uchun Shteyn konverterda qayta ishlanadi. Bunda mis sulfidining oksidlanish reaktsiyasi (Si23+1 U202=Si20+502)da ajralgan issiqlikdan foydalaniladi. Konverterda Shteyn eritmasi qatlami orqali siqilgan havo (kislorod) yuboriladi. Shunda oltingugurt va temir oksidlanadi, oltingugurt gaz ko’rinishida, temir esa konverter shlagi tarzida chiqib ketadi. Olingan mahsulot xomaki mis deb ataladi. Bu usul (Shteynni bessemerlash) nikel, qo’rg’oshin va boshqalar metallar ishlab chiqarishda ham qo’llanadi.