Shtokverk

Shtokverk (nemischa) turli yo’nalishdagi rudali tomircha va zarralar bilan to’lgan tog’jinslari massasini tashkil qiluvchi noto’g’ri shakldagi rudali tana. Shtokverklar orasida maydonli va chiziqlilari farqlanadi. Ularning o’lchami bir necha o’n metrdan bir necha kilometrga yetadi. Shtokverklar darz ketgan tog’ jinslari orasida aylanib yuruvchi qaynoq eritmalardan tarkibida metall bo’lgan moddalarning cho’kishi natijasida hosil bo’luvchi gidrotermal hosilalar guruhiga taalluqli. Ularga mis, molibden, volfram, oltin, qalay, berilliy, uran, simob va boshqalar metall rudalari konlari misol bo’ladi.