Shtraus Iogann o’g’li
Shtraus Iogann o’g’li (1825.25.10-Vena 1899.3.6) ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi. 1844 yildan o’zi tashkil etgan kontsert ansambli (keyinchalik orkestr) rahbari sifaggida Yevropa mamlakatlari va AQShda gastrolda bo’lgan. Shtraus Venacha vals («go’zal moviy Dunayda», «Vena o’rmoni ertaklari», «ming bir kecha», «Bahor ovozlari» va boshqalar; jami 150 dan ortiq), Venacha «raqsli» operetta («Indigo va 40 qaroqchi», 1871; «Ko’rshapalak», 1874; «lo’lilar Baroni», 1885 va boshqalar; jami 16 ta) larning mumtoz namunalarini yaratgan. Eng yaxshi vals, polka va boshqalar kuylari Avstriyada xalq asarlariga aylangan. Shtraus valslari, «forscha marsh»i va boshqalar asarlari O’zbekistonda ham ommaviylashgan; «zavqli urush» operettasi Toshkent operetta teatrida sahnalashtirilgan (1979). Shtrausning otasi — Shtraus Iogann (1804.14.3 — Vena — 1849.25.9) ham raqs musiqasi ustasi sifatida Shuhrat qozongan. yil Lanner bilan birga valsning yangi (turkumli «Venacha vals») turini yaratib, «vals qiroli» nomiga sazovor bo’lgan. U, shuningdek, turli raqs asarlari (galop, kadril va boshqalar), marshlar muallifidir.