SHTURM
SHTURM (nemischa — shiddatli hujum) — dushman istehkomi, tayanch punkti yoki qal’a, shaharga qilingan shiddatli hujum. Qal’alarni egallashda qadimdan qo’llanilib kelingan. 2-jahon urushi davrida kuchli mustahkamlangan Kyonigsberg, Berlin va boshqalar shaharlar ham Shturm yo’li bilan olingan.