Shtutgart
Shtutgart — Germaniyaning Janubiy g’arbiy qismidagi shahar. Badenvyurtemberg erining ma’muriy markazi. Aholisi 581,2 ming kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Nekkar daryosi bo’yidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat, moliya, ilmiy va madaniyat markazi. Elektrotexnika, radioelektronika, avtomobil sanoati rivojlangan. Dvigatellar, stanoklar ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, priborsozlik, kimyo, poligrafiya, to’qimachilik, ko’npoyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Universitet, aviatsiya va kosmosga uchish sinov markazlari, galereyalar, muzey bor. Shahar ilk bor 12-asrdagi qo’lyozmalarda tilga olingan. 12-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Shahar yaqinidagi mineral buloqlar atrofida kurortlar barpo qilingan.