Shudring, shabnam
Shudring, shabnam — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bug’ining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va o’simlik yaproklari ustida hosil bo’ladigan mayda suv tomchilari. Havo temperaturasi muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil bo’ladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda Shudring ko’proq paydo bo’ladi. Shudringlar bir kechada o’rtacha 0,1—0,3 mm, mo»tadil kengliklarda esa 1-0,5 mm qalinlikda tushadi. Shudringning yillik mikdori o’rtacha 10-30 mm ni tashkil qiladi. Ertalab quyosh nurlari tushgach (yoki havo temperaturasi shudring nuqtasidan oshgach), Shudring bug’lanib ketadi.