Shudrlar

Shudrlar — qadimiy Hindistondagi 4 ta ijtimoiy tabaqa (Varna) ning eng quyisi. «Manu qonunlari»da aytilishicha, Shudrlarning asosiy burchi «qayta tug’ilganlar» deb ataladigan yuqori Varna vakillari (brahman, kshatriy, vayshi)ga xizmat qilishdan iborat bo’lgan. Shudrlarning deyarli haqhuquqi bo’lmagan. Ular hindularning muqaddas kitoblari — «Veda»larni o’qishi, hatto eshitishi ham man qilingan, «qayta tug’ilganlar» bilan birga ma’budlarga qurbonlik marosimlarida qatnashish va hokazolardan mahrum edi. Kastalar 4 ta Varnadan kelib chiqqan, degan fikrni ayrim mutaxassislar xato deb biladi. Hozir Hindistonda quyi toifa vakillari «Ro’yxatga olingan kasta (toifa)lar» deb ataladi va ular Konstitutsiya himoyasiga olingan.