SHUJO UL-MULK

SHUJO UL-MULK (? 1842.5.4) Afg’oniston shohi (1803-09, 183942). Akasi Mahmudshohni taxtdan ag’darib hokimiyatni egallagan, lekin 1809 yil Mahmudshoh tomonidan taxtdan tushirilgan. Shujo ul-mulkning taxtni qaytarib olish uchun qilgan bir necha bor urinishlari (shu jumladan, 1833-34 yillarda inglizlar yordamida) natijasiz tugagan. Birinchi ingliz-afg’on urushi davri (1838-42)da inglizlar Shujo ul-mulkni afg’on taxtiga o’tqazganlar. Muxolifatdagi guruhlardan biriga mansub shaxs tomonidan xoin sifatida o’ldirilgan.