Shukur Sa’dulla
Shukur Sa’dulla (1912.15.1, Jizzax — 1972.14.9, Toshkent) — bolalar shoiri, dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1972). Samarqand pedagogika bilim yurtida (1924— 29) va Pedakademiyaning Filologiya fakultetida o’qigan (1929-31). O’zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1931-64) va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy konsultant (1964-72). Ilk she’rlar to’plami — «hayqiriq» (1932). «Sen nima qilding?»(1942), «Shohista» (1944), «Shirin kun» (1947), «ulug’ shahar» (1951) she’riy to’plamlarida urush voqealari aks etgan. «Bizning bayram» (1953), «Ko’kbuloq» (1957), «Ohangrabo» (1959), «dastyor qiz» (1961), «Ozoda» (1964) va boshqalar asarlar muallifi. Shukur Sa’dulla o’zbek xalq ertaklari syujeti asosida «Yoriltosh» musiqali dramasi (1938) va librettosini (1967) yaratgan. Urush yillaridagi bolalar hayotiga bag’ishlangan «bizning jangchi» (1942), «gulxan» (1943) pyesalari Respublika yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan. «Dalada bayram» (1954) komediyasi esa ko’plab teatr sahnalarida qo’yilgan. A.S.Pushkin, L.Tolstoy, S.Marshak, S.Mixalkov va boshqalar rus yozuvchilari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.