Shuturangur

Shuturangur — xalq selektsiyasida chiqarilgan o’rtapishar xo’raki va mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Vatani O’rta Osiyo. Tupi kuchli o’sadi. Bargi yirik, o’rtacha kertikli, biroz to’rsimon burishgan. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (bo’yi 24-25 santimetr, eni 18-20 santimetr), o’rtacha og’irligi 450-600 gramm, 700-1200 gramm keladiganlari ham uchraydi, g’ujumi yirik, ovalsimon, to’q qizil, eti tig’iz, karsillaydi, po’sti yupqa. Tarkibida qand miqdori 20-22%, nordonligi 4— 4,5%. Hosili faol harorat yig’indisi 32003700*da 150-153 kunda, avgust oxiri — sentyabrning 1-yarmida pishib yetiladi. Hosildorligi 80-120 ts/ga. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi, konserva qilinadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli.