Shuvoq

Shuvoq — murakkabguldoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Ko’p yillik, kamdankam bir yillik. 400 (ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 250) turi ma’lum. O’rta Osiyo, Qozog’iston va Zakavkazening cho’l va yarim cho’l, dashtlarida ko’p uchraydi. Uzbekistonda, asosan, bir yillik Shuvoq yoki burgan, ko’p yillik oddiy Shuvoq yoki ola ermon, achchiq Shuvoq yoki yermon, Sivers shuvog’i yoki sassiq alaf, Sug’d shuvog’i, oq Shuvoq va boshqalar turlari uchraydi. Bir yillik Shuvoq (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, bo’yi 30-100 santimetr, ildizi yo’g’on, yog’ochsimon. Barglari ketma-ket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizg’ishpushti, ro’vaksimon to’pguli savatchaga to’plangan. Mevasi mayda pista. Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urug’beradi. Urug’i va ildizpoyasidan ko’payadi. Oddiy Shuvoq (ola yermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, bo’yi 50-200 santimetr, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari ro’vaksimon, to’pguli savatchaga to’plangan. Mevasi pista. Sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida begona o’t sifatida uchraidi, shuningdek, ariq va yo’l chekkalarida, bog’, tokzorlarda o’sadi. Kurash choralari: mexanik usulda yo’qotiladi.