Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi

Shuvoq (Ermon) nimani anglatishini bilasizmi – astradoshlar, murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’tlar yoki yarim butalarni o’z ichiga olgan turkum. Yer ustki qismi va va gulidan foydalaniladi. Achchiq shuvoq. Bo’yi 50-100 sm ga yetaigan ko’p yillik o’t-o’simlik. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismi, Kavkaz, G’arbiy Sibir, Qozog’iston va Markaziy Osiyoda yo’l yoqalarida, o’tloqlarda, o’rmon chetlarida, suv bo’ylarida, ekinzorlarda, bog’larda, tog’larning o’rta qismigacha bo’lgan qiyaliklarida va boshqa yerlarda o’sadi. Qizilburgan shuvoq. Bo’yi 30-70 sm ga yetadigan bir-ikki yillik o’t o’simlik. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismi, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sibirdagi tekislik va tog’ etaklaridagi o’tloqlarda, daryo vodiylarida, shag’alli tog’ qiyaliklarida, qumloq, ekin ekilmaydigan yerlarda, ba’zan begona o’t sifatida ekinzorlarda o’sadi. Oddiy shuvoq. Bo’yi 30-180 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Sobiq Ittifoqda keng tarqalgan bo’lib, ariq yoqalarida, ekinzorlarda, bog’larda, o’tloqlarda va tog’larning o’rta qismigacha bo’lgan yerlarda o’sadi. Bir yillik shuvoq. Bo’yi 30-100 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo va Sibirdagi tekisliklar, tog’ etagidan to pastki qismigacha joylashgan to’qayzorlarda, ekin ekiladigan dalalarda, bog’larda, ariq bo’ylarida o’sadi. Tavriya shuvog’i. Bo’yi 15-10 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t. Qrimning tekislik joylari, yo’l yoqalari, dengiz qirg’oqlariga yaqin bo’lgan yerlarda o’sadi. Yer ustki qismi zaharli bo’lib, tarkibida efir moyi va boshqa moddalar bor. Efir moyining asosiy qismini tauremizin tashkil qiladi. Darmana shuvoq. Bo’yi 40-80 sm ga yetadigan yarim buta. Yovvoyi holda faqat Qozog’istonning Chimkent viloyatida va Tojikistonning ba’zi tekis va tog’li yerlar, cho’llar, daryo vodiylari, soyliklar va suv bo’ylarida o’sadi. Chimkent viloyatida maxsus o’stiriladi. Guli va yer ustki qismi tarkibida santonin, efir moyi, olma va sirka kislotalar, achchiq bo’yoq va boshqa moddalar bor. Sherolg’i shuvoq. Bo’yi 40-80 sm ga yetadigan ko’p yillik o’t. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo, Sibirdagi tog’larning pastki qismidan to yuqorisigacha bo’lgan yumshoq va toshloq qoyalar bag’rida o’sadi.

Fikr bildirish