Shvedlar

Shvedlar — xalq, Shvesiyaning asosiy aholisi (8,06 million kishidan ortiq). Umumiy soni 9,4 million kishi (1990-yillar o’rtalari) shved tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuteranlar). Shved xalqi milodiy 1-ming yillikda Skandinaviyada yashagan shimoliy german qabilalari (svionlar, gautlar, yotlar va boshqalar) bilan birlashish natijasida, ilk o’rta asr shved davlatining shakllanish davrida (9-11-asrlar) tarkib topgan. Shvedlar etnogenezida finlar va saamlar ma’lum rol o’ynagan. Shvedlar, asosan, sanoatda, qisman qishloq xo’jaligida band.