Sichuan
Sichuan — Xitoydagi provin- tsiya, Yantszi daryosining yuqori oqimida. Mayd. 488 ming km2. Aholisi 84,93 mln. kishi (1998). Ma’muriy markazi — Chen- du sh. S.ning Sharqiy qismida Sichuan soyligi bor, bu erning tuprog’i unumdor, aholisi zich. G’arbida SinaTibet tog’lari joylashgan. Iklimi subtropik iqlim. Daryolari sersuv, gidroenergiya zaxira- siga boy, eng yirigi — Yantszi. Tog yon bag’irlari o’rmon, tog’tepalari subalp o’tloushri. Chuqur vodiylarda subtro- pik o’simliklar usadi. S. — Xitoyning xo’jaligi rivojlangan provintsiyasi. Mamlakatda etishtiriladigan g’allaning 12% ni beradi. Asosiy ekinlari: sholi, makkajo’xori, bug’doy, gaolyan, raps, arpa, batat. Shakarkamish, tamaki, paxta, choy va tsitrus mevalar ham ekiladi. Qadimdan ipak qurti boqiladi. Chorvachilik mahsulotlari eksport qilinadi. S.da kon sanoati rivojlangan. Toshko’mir, temir rudasi, tosh tuzi, asbest, oltin, surma, neft, tabiiy gaz kazib olinadi. GESlar qurilgan. Qora metallurgiya, mashinasoz- lik, kimyo, to’qimachilik, qurilish Mate- riallari, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.