SIFAT USULLARI

SIFAT USULLARI — tadqiqotda individual tajriba, kuzatish tushunchalarining an‘anaviy falsafiy va mantiqiy tahlili usullari, tarixiy qiyoslash, shaxsiy va rasmiy hujjatlardan foydalanish, qaydlarni, xulosalarni va tavsiyalarni badiiy publitsistik asoslash usullaridan foydalanishga e‘tibor qaratadi. Sifat usullari siyosiy hodisalar, jarayonlar va tizimlarining sifatiy jihatlarini tahlil qiladi. Odatda sifat usullari miqdor usullari bilan birgalikda qo’llanilishi mumkin. Sifatli turmushning tushunchasi atrof muhitni, odamlar sog’lig’ini saqlash, shaharlarning yangilanishi muammolari bilan bog’liq ravishda paydo bo’lib, keyinchalik ancha kengroq ma‘no kasb etdi. U o’zida odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish sifati bilan bog’liq tomonlarini aks ettiradi va ularni inson hayoti standartlari bilan qiyoslaydi. Inson hayotining miqdor ko’rsatgichlarida ifodalanmaydigan tamonlarini o’rganishda qo’l keladi.