Sifatdosh
Sifatdosh — fe’lning funktsi- onal shakllaridan biri. Sifatlar kabi predmetning belgisini ko’rsatishga xos- langan va xuddi shu xususiyatiga ko’ra S. deb yuritiladi. S. shakli hoz. o’zbek tilida, asosan, gan, vchi affikslari yordamida yasaladi: o’qigan kitoblarim, kurashga tushuvchi yigitlar. gan Affik- si fe’lning zamon kursatkichiga ega bo’lmagan shakliga qo’shilganda, o’tgan zamon ma’nosini; fe’lning xoz. Zamon ko’rsatkichi bo’lgan shakliga qo’shilganda, hoz. zamon ma’nosini; fe’lning hoz.ke- lasi zamon ko’rsatkichi bo’lgan shakliga qo’shilganda, hoz. kelasi zamon ma’no- sini bildiradi: kelgan odam, kelayotgan odam, keladigan odam. S.ning zamoni bevosita nutq vaqtiga nisbatan emas, balki fe’lning aniqlik maylidagi shaxsson b-n tuslangan shakli bildirgan vaqtta, gapning kesimidan anglashilgan vaqtga yoki matndagi biror so’z bildir- gan vaqtga nisbatan belgilanadi. Shu sa- babli S. bildirgan zamon nisbiy zamon hisoblanadi. Ko’chada kelayotgan yigit atrofga bir qarab qo’ydi. Mening sizga aytadigan anchagina gaplarim bor. Bun- Day ko’rsatkichli S. shakllari fe’lning o’tgan zamon shakllarini hosil qilishda ham qatnashadi: kelgan edi, ketayotgan edi kabi. S.ning vchi affiksi b-n yasaluv- chi turi predmetga doimiy xos bo’lgan odatdagi harakat belgisini, ba’zan esa kelgusiga oid harakat belgisini bil- diradi: kishini sehrlovchi ohanglar. Bu erga keluvchi mehmonlarni kutib olamiz. S. gapda anikdovchi vazifasida keladi. Slar otlashganda (q. Otlashuv), otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Azim Hojiev.