SIG’NOQ

SIG’NOQ, subo — milodiy 2-5-asrlardagi Xitoy manbalarida tele deb nomlangan 44 ta turk kabilasidan birining nomi. Turk xoqonligi tashkil topguncha chibni, bo’rji, aziy, o’g’uz, kirgiz, Irtish, unig’ur kabi qabilalar bilan birga Tangritog’ (Tyanshan) etaklaridagi yaylovlarda yashagan. Turk xoqonligi tashkil topgach, uning fuqaroligiga o’tib turk deb atala boshlagan.