Sil dispanseri
Sil dispanseri — davolash- profilaktika yordami ko’rsatadigan Max- sus tibbiy muassasa. O’z sohasiga oid be- morlar sonini aniklash, hisobga olish, davolash, ularni kuzatib borish, uy va ish sharoiglarini o’rganish, shuningdek, shu kasallikka qarshi kurash, oldini olish choralari b-n boglik sanitariya- maorif masalalarini ishlab chikish, targ’ib etish S.D.ning asosiy vazifasi-dir. O’zbekistonda birinchi S.D. 1922 y. Toshkentda tashkil etilgan. Keyinchalik barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda xam S.D. faoliyat ko’rsata boshladi. S.D. o’z hududidagi epidemiologik holatni muntazam nazorat kilib boradi, sil aniqlangan taqdirda, darhol bemorga xos va mos davolash yo’lyo’riqlarini amalga oshiradi, doridarmonlar b-n ta’- minlaydi, zarur bo’lgan hollarda bemor- ni kasalxonaga; sanatoriyga joylashti- radi. S.D. xodimlari sanitariyaepidemi- ologiya stantsiyasi (SES), tug’ruqxonalar va b. tibbiy muassasa xodimlari b-n hamkorlikda vaktsinasiya, revaktsinasiya, BTsJ, shuningdek, aholini flyuorogra- FIK tekshiruvdan o’tkazish ishlarini ham amalga oshiradi.