Sileziya
Sileziya (polyakcha Slask, chexcha Slezsko, nem. Schlesien) — Odra Daryo- sining yuqori va o’rta oqimi bo’yidagi tarixiy viloyat. 10-a.da Polsha davlati tarkibida, 14-a.da — Chexiya taxtiga te- gishli hudud. 1526 y.dan S. Gabsburglar hukmronligi ostida (Sevej, Osventsim, Zatorsk knyazliklaridan tashkari), 1742 y.dan — Prussiya tarkibida (Opava, Te- Shin knyazliklari hududi Gabsburglar qo’lida qolgan, 1920 y. esa, Chexoslovakiya tarkibiga kirgan). Prussiyaning S. vilo- yati 1919 y. 2 viloyat: yuqori S. [markazi — Oppeln (Opole)] va quyi S. [marka- zi — Breslavl (Vroslav)]ga bo’lingan. 1922 y. Yuqori S.ning taxm. 1/3 qismi Millatlar Ligasi Kengashi tomonidan Polshaga berilgan. 1945 y.gi Potsdam konferentsiyasi S. hududining katta kis- mini Polshaga kaytargan.