Silikagel

Silikagel (lotincha silex — chaqmoqtosh va gelo — iviq) — polisilikat kislotaning quritilgan angidridi (geli); qattiq gidrofil sorbent Silikagel natriy yoki kaliy silikat eritmasiga sulfat yoki xlorid kislota qo’shib hosil qilinadi. Ortosilikat kislotaning ortoefirlarini gidrolitik parchalash yo’li bilan yuqori sifatli Silikagel olinadi. Silikagel mineral moylarni tozalashda, katalizator sifatida, yog’lar, yonilg’ilar, organik suyuqliklarni quritishda ishlatiladi.