Silvinit

Silvinit (Yun. silvinite) — tuz- li cho’kindi tog’jinsi. Tarkibi silvin (50-75%), galit (25-50%), qisman an- gidrit va gildan iborat. Rangi — oq, qizg’ishqo’ng’ir va qizil. S.kesmada sil- Vin, galit va gilli angidritlarning al- mashinib yotgan yupqa qatlamidan iborat. Arid iqgtim sharoitida sayoz dengiz, Laguna va ko’llarda sho’r suvdan kimyoviy cho’kish orqali hosil bo’ladi. S. kaliyli mineral o’g’it i.ch.da muhim xom ashyodir. Undan tibbiyot, atirupa i.ch.da, fotogra- fiya va b. sohalarda keng foydalaniladi. O’zbekiston Jan.da Tyubegatan va Xo’jaikon konlarida S. yura davri yotqiziklarida tarkalgan. Tyubegatan ko- nida S. gorizontining o’rtacha qalinligi 4,5 m, KS1 ning mikdori 36,9% va za- xirasi 400 mln. t. Xo’jaikonda S. Ko’hitangtog’ning Sharqiy etaklarida uz. 25 km, eni 900 m va nisbiy bal. 200 m li tuzli tog’hosil qilgan. Sanoat ahamiyatiga ega gorizontlarda KS1 ning o’rtacha mikdori 28-33%. RF, Belorus- siya, Germaniya, AQSh, XXR va b. mamla- katlarda S. konlari bor.