Simfonik orkestr

Simfonik orkestr – torli, puflama va urma cholgu asboblardan tu- zilgan eng boy va murakkab turdagi or- kestr. Uning shakllanishida Evropada tarqalgan cholg’u asboblari hamda xalq va professional cholg’u ansambllari muxim rol uynagan. 18-a.ning 2-yarmida klas- sik so. tashkil topgan; u kichik so. Deb ham yuritiladi. Unga 8— 10 birinchi va 4-6 ikkinchi skripka, 2-4 Alt, 3-4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, Fagot, valtorna, keyincha- lik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-a. da mazkur orkestrga boshqa cholg’ular (mas, trombonlar, Tuba va b.) qo’shilishi hamda ijrochilar soni (mas, birinchi skripka- lar 14-16 tagacha) kupaytirilishi nati- jasida katta so. paydo bo’lgan. 19va 20-a. da so. tarkibi uziga xos tembr va ifo- daviy imkoniyatlarga ega bo’lgan boshqa (mas, kichik va basklarnetlar, Arfa, che- lesta, organ, fortepiano, ayniqsa, tur- li urma cholg’ular va b.) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan. O’zbekistonda So. 19-a.ning oxirida paydo buldi. Hozir O’zbekiston milliy simfonik orkestri, O’zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali te- atrstudiyasining S.o.lari chet el mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlar asarla- rining targ’ibotchilari sifatida tanil- gan. Bulardan tashqari, Navoiy teatri, Muqimiy teatri va b. musiqali drama va komediya teatrlarida S.o.lar mavjud.