Simonoseki

Simonoseki, Kammon Xonsyu va Kyusyu orollari o’rtasidagi bo’g’oz. Ichki Yapon dengizini Koreya bo’g’ozi bilan birlashtirib turadi. Uzunligi 21 kilometr, eng kambar joyining eni 0,6 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 11 metr. Simonoseki orqali ko’prik (uzunligi 1068 metr) qurilgan, tagidan 2 tonnel o’tgan. Simonoseki sohilida Simonoseki, Modzi, Kokura portlari joylashgan.