SINDIKALIZM

SINDIKALIZM (ing. syndicate – uyushma, birlashma) — XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ishchilar harakatidagi marksizm-leninizm mafkurasiga muxolif yo’nalish. Sindikalizm ijtimoiy inqilobni amalga oshirishda da‘vo qilingan sinfiy kurashdan, ishchilar sinfi diktaturasidan ko’ra kasaba uyushmalarining ―bevosita harakati – yalpi ish tashlashlarni afzal deb hisobladi. Bu oqim shu yo’l bilan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib ularni ishlab chiqarish shirkatlari (sindikatlar)ga mulk qilib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Sindikalizm o’z davrida marksizm – leninizm tarafdorlari tomonidan anarxosindikalizm, prudonizm, revizionizm singari nomlar bilan qoralangan. Hozirgi qator mamlakatlardagi so’l partiya va harakatlarning g’oyalari va mafkuralarida Sindikalizm ta‘siri seziladi.