Singapur

Singapur — Singapur davlati- ning poytaxti. Jan.Sharqiy Osiyoning yirik iktisodiy markazi. Aholisi 4,1 mln. kishi (2001). Singapur bo’gozi sohilidagi dunyoda eng yirik dengiz portlaridan (yiliga 130 mln. t dan ziyod yuk ortibtushiriladi). Aeropor- ti xalqaro ahamiyatga ega. T.y. va ShOS- se yo’llar orqali Malakka ya.o. bilan bog’langan. S. — xalqaromoliya va xom ashyo tovarlari (tabiiy kauchuk, kokos palma- si mahsulotlari, yog’och, ziravorlar, me- valar, kofe, qalay) savdosining yirik markazi. Neftni qayta ishlash, elektro- texnika, neft kimyosi, mashinasozlik, kema ta’mirlash, rezina, oziq-ovqat va b. sanoat korxonalari bor. Baliqovlanadi. Shahar markazida ko’p qavatli zamonaviy binolar qurilgan. Singapur un-ti, 2 po- litexnika inti, muzeylar, kutubxonalar, botanika bog’i, dengiz akvariumi, teatr va b. bor. Shaharga 1299 y.da asos solin- gan. 1365 y.dan S. Malay davlatlari sav- dosida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 1832 y.dan Britaniya Malayyasi mustamlaka- sining, 1946-59 y.larda inglizlarning Singapur mustamlakasining bosh shahri. 1959 y.dan «o’zini o’zi boshqaruvchi Sin- gapur davlati»ning, 1965 y.dan mustaqil Singapur Respublikasining poytaxti.