SINOD

SINOD (gr. synodos – yig’ilish, majlis) — ba‘zi cherkovlar tarkibidagi maslahat yoki ma‘muriy organ. Cherkov ierarxiyasida odatda yuqori lavozimlarni egallovchi shaxslar jamoasidir. Rus provaslav cherkovida patriarx huzuridagi, katolik cherkovida rim papasi huzuridagi maslahat organi.