SINTETIK HISOB

SINTETIK HISOB – pul o’lchovida umumiy ko’rsatkichlarni beruvchi hisob. Bunday ko’rsatkichlar sintetik schyotlarda bo’lib, ular mavjud mablag’lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, yoqilg’i, ishlab chiqarish xarajatlari, g’aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari, ustav kapitali va h.k.) to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lish uchun zarur. Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi, ular Sintetik hisob registrlari bo’lib, bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.