SINTEZ
SINTEZ (Yunoncha synthesis — birikish) (kimyoda) — oddiyroq birikmalardan murakkab birikmalar olish; ayniqsa, organik kimyoda katta ahamiyatga ega. Sanoatning yirik tarmoqlari, jumladan, bo’yagichlar, plastmassalar, sintetik Kauchuklar va boshqa;ar ishlab chiqarish organik Sintez asosida rivojlandi.