Sirdaryo daryosi haqida eshitganmisiz?

Sirdaryo daryosi haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSR, Tojikiston SSR, Qozog’iston SSRdan oqib o’tib Orol dengiziga quyiladi. Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Gidronimning etimologiyasi haqida ko’p fikrlar bor: 1. Xalq “sirli daryo” deb izohlaydi. A.Abdurahmonov ham bu fikrni quvvatlaydi. 2. Sirdaryo “tashqaridan, tog’ oralaridan keluvchi daryo”. 3. Gidronim hind-yevropa tillariga xos sal “tuz” so’zidan olingan: daryo o’zanida suv yig’ilib, etaklari oqarib turadi, ya’ni “tuzli daryo” demakdir. 4. Daryo nomi sir qabilasi ismidan olingan bo’lib, u eng qadimgi mahalliy nomlardandir. 5. Gidronimning etimologiyasini eron tillaridan izohlash kerak, ehtimol “ko’p, to’kin, yaxshi” degan ma’nodadir. Gidronim turli davrlarda turlicha nomlangan, qadimda greklar tomonidan Yaksarta. Beruniy asarlarida Hasart shaklida tilga olinadi. Gidronimnng hozirgi nomi XIII asrdan boshlab uchratiladi. Plono Karpini va Astselin XIII asrda bu o’lkaga qilgan safarlarida daryo nomining izohi bilan qiziqadi. Ularga mahalliy xalq “Sari yoki Sariq daryo” deb javob beradi. Ye.Koychubayev Sirdaryo “tez oqar, tez daryo” deb izohlaydi. Gidronimning izohini turkiy tillardan izlash haqiqatga yaqindir. Chunki daryo nomi Norin va Qoradaryoning qo’shilgan joyidan (Qirg’iziston SSR) boshlanadi. Bu territoriya qadimdan tukiy xalqlar bilan bog’liqdir.

Fikr bildirish