Sirka angidrid

Sirka angidrid (sirka kislota angidridi), S4N6O3 — o’tkir hidli, rangeiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 73,1°, qaynash temperaturasi 139,5°, benzol, efir, tetragidrofuran va xloroformda eriydi. Sirka aldegidni kislorod bilan oksidlab, sirka kislotani ketonga ta’sir ettirib va etilidendiatsetatni parchalab olinadi. Turli nukleofil birikmalarni atsetillashda ko’plab ishlatiladi.