Sirka kislota
Sirka kislota (metankarbon kislota), SN3SOON — o’tkir hidli, ran- geiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz (aniqrog’i 98— 99% li) S.k. muz- ga o’xshaganligi uchun «muz» kislota deb qam ataladi. Suyuklanish t-rasi 16,75%, qaynash t-rasi 118,1°, zichligi 1055 kg/ m3 (15°da). Suv, spirt, efir va benzol- da yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. S.k. — insoniyatga qadimdan ma’lum bo’lgan kislotalardan (vino achiganda sirka holida hosil bo’ladi). Atsetaldegidnn oksidlab olinadi. S.k. turli sohalarda, mas, atsetilsellyulo- za, plastmassa, sirka angidrid, organic erituvchilar, insektisidlar, farmasev- tik preparatlar (aspirin, fenatsetin), atseton, sintetik bo’yagichlar i.ch.da va gazlamalarni bo’yashda ishlatiladi. S.k. bug’lari nafas yo’llari shilliq pardasi- ni yallig’lantiradi. 30% dan ortiq kon- tsentrasiyali S.k. terini kuydiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Sirka
- Sirkalar
- SIRKADARAXT
- Sirka angidrid
- Sirli masjid
- Siroj Hakim, Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy ibn hoji Mirzo Abdurauf
- Sirojiddin Sayyid
- Sirojiddinov Burhon Hasanovich


