Sirt

Sirt – 1) Tyanshan tog`larida 3500-4000 m balandlikda joylashgan usti tekis, salgina to`lqinsimon yer, tekislangan yuza. Sirtlar tog`larning mezozoy erasida pasaygan va tekislangan hamda keyinchalik qayta ko`tarilgan qoldiqlaridir. Landshafti alp o`tloqlaridan iborat. Iqlimi salqin. Yozgi o`tloqlar sifatida foydalaniladi; 2) Volga daryosi bilan Ural tog`lari oralig`ida joylashgan, yer yuzasi salgina parchalangan keng suvayirg`ich yer; masalan, Yalpi Sirt.