SIRTORDUSH
SIRTORDUSH, shieyanto, sieyanto, seyanto — qadimgi turkiy qabila. XI- toy manbalarida tele deb nomlangan qabilalar birlashmasiga kirgan. 7-a. ningo’rtalariga qadar Markaziy Osiyoda- gi turkiy kabilalar orasida katta nufuz- ga ega bo’lgan. Qadimda sir va tordush ka- bilalari yonmayon yashagan. Ular o’rtasida hukmron bo’lish uchun kurashlar natija- sida sir qabilasi g’olib chiqib tordush- larni o’ziga qo’shib olgan. Shu tariqa S. etnonimi paydo bo’lgan. S.larningtili, urfodati, qurolyarog’lari, qatto harbiy va ma’muriy tuzumlari Turk xoqonliginp tashkil etishda etakchi bo’lgan turk (tu – jyue) qabilasidan farq qilmagan. S.lar 7-a. boshigacha G’arbiy turk xoqonligi, 621 y.dan Sharqiy turk xoqonligi tasar- rufida bo’lgan. Mustaqillikka intilgan S.larning katta kismi ilgari yashagan joylari — Tangritogetaklarini tan- Tab shim. Oltoydagi ibor tog’lari (XI- toycha Tanxanshan) shim.idagi erlarga ko’chib kelib Sirtordush xonligink barpo etganlar. 7-a. o’rtalarida S. uyg’urlarga qo’shilib ketgan.