Sitora

Sitora (fors. — yulduz) — zar- garlik buyumi; diametri 2,5—5 sm bo’lgan aylana shaklidagi kumush nishon, to’g’nog’ich hamda ayollar ko’krak bezagi — tumor. Bosma usulida quyosh, yulduz, 4 yaprokli gul va boshqalar b-n bezatil- gan. Ayollar ko’ylagi old o’yig’iga (eni keng qora jiyakka 2-4-6 va undan ortiq qatorli qilib) bo’yindan etakkacha uzun- likda taqilgan yoki ko’ylakning beligacha tikib mustahkamlangan, qolgan qismi erkin osilib turgan. Erkaklar choponi- ning oldi, eng uchlari, etak va qo’ltiq ostiga (kam hollarda orqa elka qismiga) S. qatori tikilgan. S. kiyimga tikilgan- da hamda atrofi naqshli kashta b-n hoshiya o’rab bezatilganda, u yanada hajmdor ko’rinadi. S. himoyalovchi tumor sifati- da qadimdan ma’lum bo’lgan: terrakota haykallari, ma’buda va jangchilar kiy- imlarida, Varaxsha devoriy rasmlarida uchraydi. Buxoro amiri Said Muzaffar Baxrdirxon kiyimlari qimmatbaho tosh- lar qadalgan S. b-n bezatilgan.