SIXOTE-ALIN METEORITI

SIXOTE-ALIN METEORITI — Sixotealin tog’ining g’arbiy tarmoqlari ustiga 1947 y. 12 Fev.da tushgan meteorit. Og’irligi 70 t; asosan, temirdan iborat. Kimyoviy tarkibi (mas- Saga nisbatan % hisobida): temir (G’e) 93,29, nikel (Ni) — 5,94, kobalt (so) — 0,38, mis (Si) — 0,03; fosfor (R) — 0,56, oltingugurt (S) — 0,28 va b. Tushgan pay- tida Xabarovsk va Primore o’lkalarida juda yorug’bolid holida ko’ringan. Bolid- ning harakat yo’nalishida quyuqchangli iz qolgan. Er sathidan taxm. 6 km baland- likda bolid portlab, mayda (1 mm dan 1 m gacha) bo’laklarga parchalanib ketgan va 3 km2 maydonga meteorit yomg’iri sifa- tida tushgan. Bu erda umumiy og’irligi taxm. 27 t bo’lgan 350 ta har xil meteorit bo’laklari topilgan (1970).