SIYOM
SIYOM, som, sanam — ilk o’rta asrlarda Kesh viloyatidagi mustahkam tog’ qal’asi. 8-asrning 2-yarmida Muqanna shu yerdan turib qo’zg’olonga boshchilik qilgan. Narshaxiynint yozishicha, «Som tog’i tepasida g’oyatda mustahkam bir Hisor bo’lib, unda oqar suv, daraxtlar va ekin erlar bor edi. Bu Hisor ichida undan ham mustahkamroq yana bir Hisor bor edi. Muqanna uni tuzatishga buyurdi va uni tuzatdilar. Muqanna u yerga ko’p mol va behisob oziq-ovqat yig’di. Soqchilar tayinladi». Arablar Siyomni qamal qilgan paytda qal’adan 30 ming kishi chiqib kelgan va yana 2 ming kishi ichkarida qolgan. Ichkari qal’aning bir darvozasi bo’lib, atrofi xandaq bilan o’ralgan. Unda Muqanna xotinlari va bolalari bilan yashagan. tarixchi Ibn Shixnaning yozishicha S.ni Muqannaning o’zi qurdirgan. tarixchi Sh.Kamoliddinovning fikri-cha, Siyom qal’asi Sanggardak daryosi vodiysida, Shahrisabzdan Sharqdagi Maydonak degan joyda bo’lgan. 2 ming metr balandlikdagi tog’tepasida 7— 9-asrlarga oid ulkan qal’a xarobalari aniqlangan. Ad.: Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geofafiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnix istochnikam IX — iachala XIII vv., T., 1996.