SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR

SIYOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR — fuqarolarniig asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan bir guruhi (fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklar, iqtisodiy huquq va erkinliklar kabilar bilan bir qatorda). Siyosiy huquq va erkinliklar fuqarolarga mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish imkonini beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi, qonunlarga muvofiq, jamoat birlashmalariga uyushish, mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar o’tkazish, axborot erkinligi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, ariza, taklif va shikoyatlar berish orqali davlat organlari, muassasalar yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi kabilarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston fuqarolarining Siyosiy huquq va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, ―Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to’g’risida, ―O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida, ―Siyosiy partiyalar to’g’risida, ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida, ―Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida, ―O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risidagi kabi bir qancha qonunlar va qonun kuchiga ega bo’lgan hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan.