SIYOSIY INQILOB

SIYOSIY INQILOB (lot. burilish, to’ntarish) — jamiyatdagi, xususan, uning siyosiy tizimi rivojlanishidagi keskin sakrash, bir siyosiy tizimdan ikkinchisiga o’tish. U mavjud ijtimoiy-siyosiy kuchlarning amaldagi institutsional mexanizmlar doirasidan chiqishi va ochiqdan-ochiq to’qnashishi tarzida kechadi. Inqilob natijasida hukmron ijtimoiy–siyosiy guruh siyosiy munosabatdagi mavqei va imtiyozlarini yo’qotadi.