SIYOSIY JARAYON

SIYOSIY JARAYON — jamiyat siyosiy tizimi shakllanishi, o’zgarishi va faoliyat ko’rsatishga bevosita ta‘sir etuvchi ijtimoiy sub‘ektlar faoliyatining uyg’unligi. Biror yo’nalishga ega harakat, holatlarning izchil almashinishi, biror natijaga erishishiga qaratilgan faoliyatlar birligini anglatadi. Shuningdek, Siyosiy jarayon tushunchasi o’z navbatida siyosiy holatlar va hodisalarning ichki bog’liqlikka ega zanjir, siyosat sub‘yektlarining hokimiyatga qaratilgan harakatlari o’zaro munosabatlari birligidir. Siyosiy jarayon deb jamiyatning siyosiy hayotida turli xildagi voqea-hodisalarning ro’y berib turishi, ularning ob‘yektiv qonuniyatlar harakati asosida davom etishi va shu asosda jamiyatning siyosiy jihatdan rivojlanib borishiga aytiladi. Siyosiy jarayon jamiyat siyosiy tizimini o’zgartirishga, rivojlantirishga (yoki inqirozga) olib boruvchi, hokimiyat doirasida institutlashgan sub‘yektlarning o’ziga xos funksiyalarini amalga oshirishga doir xatti-harakatlar majmuasining ifodalanishi hisoblanadi.