SIYOSIY TIZIM

SIYOSIY TIZIM (gr. systema – bo’lakdan iborat tarkib, tuzilma, politike – siyosat) — siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar, me‘yorlar, qadriyatning umumlashgan ifodasidir. Siyosiy tizim sub‘yektlarini hokimiyat, davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, shaxs, siyosiy lider kabilar tashkil etadi. Siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat kabi tushunchalar esa siyosiy tizim in‘ikosi hisoblanadi. Siyosiy tizimni institutsional, normativ, funksional va kommunikativ kabi elementlar tashkil etadi. XX asrning 50-60-yillarida Siyosiy tizimning klassik modellari amerikalik olim D.Iston, G.Almond va K.Doychlar tomonidan ishlab chiqildi. D.Iston nazariyasi asosida ―talab – manbalarning taqsimlanishiga doir hokimiyatga qaratilgan norozilik yoki rozilik impulslaridir. ―Madad hokimiyatning faoliyatini qo’llab – quvvatlovchi impulslar, ularning ko’payishi – siyosiy tizim kuchayishini, kamayish esa aksincha, zaiflashishini anglatadi. Madadning shakllari xilma-xil: ular soliqlarni vaqtida to’lash, harbiy burchni ado etish, qonunlarni hurmat qilish kabilardan iborat. Talab va madad impulslarining haddan tashqari, ortib yoki kamayib ketishi tizim faoliyatini yomonlashtiradi. Apatiya siyosiy loqaydlik; siyosiy voqea – hodisalarga nisbatan befarqlikni anglatadi. U siyosiy jarayonlarga ta‘sir ko’rsatish imkoni va qobilyati yo’qolganida tug’iladi. Siyosiy qarorlar ―kirishdagi talab, madad va partiyaga siyosiy tizim javobi tarzida vujudga keladi. U qonunlar, imkoniyatlar va maqsadlar haqidagi bayonnomalar shaklida bo’ladi. Qarorlar bajarilishiga oid hokimiyatning xattiharakatlari ham belgilab beriladi. Siyosiy tizim nazariyalari mualliflaridan biri Gabriel Almondga ko’ra siyosiy tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi: siyosiy ijtimoiylashuv, manfaatlar artikulyatsiyasi, manfaatlarni umumlashtirish va e‘tirozlarni, talablarni kelishtirish orqali ularni bir siyosiy platforma, siyosiy bayonot ko’rinishiga keltirish. siyosiy muloqot, fuqarolar va siyosiy tizim institutlari, tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish. Siyosiy tizim 3 tip: demokratik, avtoritar va totalitar siyosiy rejimlardan iborat.