Sizran

Sizran — samara viloyatidagi shahar. Volgadagi pristan. Temir yo’l tuguni. Aholisi 188,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik (og’ir mashinasozlik, «Sizranselmash», turbosozlik va boshqa korxonalar), shuningdek, neft va slanesni qayta ishlash, neft kimyosi sanoati korxonalari mavjud. Qurum i.ch.ning yirik markazi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Oliy o’quv yurti, o’nga yaqin o’rta maxsus bilim yurti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi mavjud.