Skabioza

Skabioza (Scabiosa) — to’ng’iztaroqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bir yoki ko’p yil- lik o’t, ba’zan buta. Bargi qaramaqarshi. Gullari mayda, kallaksimon to’pgulda to’plangan. Mevasi — pistacha. Asosan, O’rta dengiz mamlakatlarida 100 tacha turi o’sadi. Ayrim turlari Sharqiy Osiyo va Afrikaning Jan.da uchraydi. 7 turi O’zbekistonning ko’pincha qumli va soz tuproqli adir va tog’etaklarida o’sadi. Ayrimlari (mas, ko’p yillik Kavkaz S.si bir yillik S.) manzarali o’simlik.