SKAGERRAK

SKAGERRAK — Boltiq dengizini Shimol dengiz bilan birlashtiruvchi bo’g’oz, Yutlandiya yarim orolining shimoliy g’arbiy qirg’og’i bilan Skandinaviya yarim oroli oralig’ida. Uzunligi 225 kilometr, eni 60-150 kilometr, eng chuqur joyi 809 metr (Norvegiya novi). Janub qismida sayozliklar bor. Baliq ovlanadi. Skagerrak bo’yida Oslo shahri joylashgan.