Skarnlar
Skarnlar (shvedcha scarn, aynan — loy, chiqindi) — metasomatik tog’jin- slari. Ohaktoshli magnezialtemirli silikatlar va alyumosilikatlardan tar- kib topgan; magmatik tog’jinslarining yuqori trali kontakt oreoli zonasida karbonatli jinslarning qaynoq magma- togen eritma vositasida magma, intru- Ziv yoki boshqa alyumosilikat jinslar b-n o’zaro kimyoviy ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Samgfe silikatlari va alyumosilikatlari (diopsidgedenber- git qatorining piroksenlari va gros- sulyarandradit qatorining granatlari) dan tuzilgan ohaktoshli S. va tarkibida magniyli minerallar (forsterit, Di- opsid, shpinel, flagopit) bo’lgan mag- nezial S. farqqilinadi. Ohaktoshli S. ohaktoshlarning alyumosilikat jinsla- ri b-n tutashgan joyida 10-12 km gacha chuqurlikda magmatik bosqichdan keyin hosil bo’ladi. Magnezial S. dolomit- larning magma b-n o’zaro ta’siri nati- jasida yoki katta (10-12 km dan ziyod) chuqurlikda magmatik bosqichdan so’ng alyumosilat jinslar b-n tutashgan joy- ida vujudga keladi. S. ko’pincha kontakt (tutashgan) linzasimon va qatlamsimon yotqiziqlarda, ba’zan karbonat yoki alyu- mosilikat jinslarda naysimon yoki to- mirsimon jinslar shaklida uchraydi; skarn jinslar ko’proq zonal tuzilish- ga ega. S.da ruda (ayniqsa, temir, mis, qo’rg’oshin, pyx, volfram, molibden va b.) va nometall foydali qazilmalar (flyugopit, boratlar va b.)ning yirik to’plamlari bo’ladi. Shunga ko’ra, kon- larning alohida turi — skarn konlari farq qilinadi; bunday konlar sanoat ahamiyatiga ega. S. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistonda keng tarqalgan. Nurota, Zirabuloq, Qoratepa, Chatqol, Qurama tog’laridagi volfram, molibden, poli- metall va temir konlari S. b-n bog’liq. Xorijda RF (Magnitogorsk temir ru- dasi koni), Qozog’iston (Sokolovsarbay temir rudasi koni), Kavkaz (Tirnauz volframmolibden koni) va b. joylar- da; noruda konlardan boratlar, flagopit konlari mavjud.