Sklerit
Sklerit — sklerannng yallig’lanishi. Revmatizm, sil, podagra, brusellyoz va b. yuqumli kasalliklar oqibatida paydo bo’ladi. Chuqur va yuza S. farq qilinadi. Chuqur S.da sklera- ning chuqur qatlamlari yallig’lanadi va turli joylarida tugunlar ko’zga tash- lanadi. Yallig’lanish jarayoni ko’zning shox (muguz) pardasiga va yanada chuqurroq qatlamlariga tarqalishi mumkin. Tugun- lar o’rnida kulrang dog’lar krladi. Yuza S.da ko’z oqi qizarib, shishadi va ba’zan shox pardaga ham o’tadi. Ko’z yoshlanadi, be- mor yoruqqa qaray olmaydi, lekin ko’rish faoliyati buzilmaydi. Ba’zan sklera abssessi kuzatiladi, bunda ko’z qattiq og’riydi, qizaradi va skleraning ayrim joylari shishadi. Kasallik abssessning yorilishi b-n tugaydi. S. o’z vaqtida da- volanmasa, keratit hamda iridosiklitga sabab bo’lishi mumkin. Bemorni mutaxas- sis vrach davolaydi.