Skolopendrasimonlar, katta qirqoyoqsimonlar

Skolopendrasimonlar, katta qirqoyoqsimonlar (Scolopendgomofha) — eng yirik ko’p oyoqlilar turkumi. Uz. 10-25 sm gacha, tanasi 21-23 ta bir xil tuzilgan bo’g’imlardan iborat. 900 ga yaqin turi, asosan, tropik, subtropik o’lkalarda tarqalgan. Kunduzi tosh va yog’ochlar ostiga va yoriklarga kirib ola- Di; tunda ov qiladi. Yirtqich; har xil hasharotlar b-n oziklanadi. Jan. Ameri- ka va Yamayka o.da tarqalgan gigant skolo- Pendra mayda umurtqalilar (qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar)ga ham hujum qiladi. S.ning erkagi ko’payish davrida er osti yo’llariga halqa to’r tortib, unga urug’hujayralari to’ldirilgan xaltasi (spermatofor)ni qo’yib ketadi. Urg’ochi S. urug’xaltani olib, o’zining jin- siy bezi yo’liga kiritadi. O’rta Osiyoda tarqalgan halqali qirqoyoq partenogenez ko’payadi. S. qo’ygan tuxumlarini kalavaga o’xshab o’rab olib, yirtqichlardan himoya qiladi. Yirik S, jumladan, halqali qirqoyoq zaharli. S. chaqqan joy shishib ketadi, lekin shish 1-2 kundan so’ng qaytadi. Gigant skolopendra zahari odam uchun ayniqsa xavfli. Jan. hududlarda tarqalgan cho’l so’qir qirqoyog’i doim tuproq ichida yashaydi; ko’zlari bo’lmaydi. S. zararkunanda hasharotlar va kanalar- ni qirib, foyda keltiradi.