Slanetsli qatron
Slanetsli qatron – yarim koks ishlab chiqarishda yonuvchan slanetslarni destruktiv haydash mahsuli bo’lib, asosan, paraffin va moylardan tashkil topadi. Slanetsli qatron uchun yuqori molekulyar fenollarning ko’p miqdorda bo’lishi xarakterli. Qatronni distillangan holda haydashda hosil bo’ladigan qoldiq slantsli pek deyiladi.