Slavyan tillari
Slavyan tillari — hind-Evropa tillari oilasi tarkibidagi qarindosh tillar guruhi. Asosan, Markaziy va Sharqiy Evropada, Shim. Osiyoda va jahonning boshqa ko’plab mamlakatlari- da tarqalgan. So’zlashuvchilarning umu- miy soni 300 mln. kishiga yaqin. S.t.ning birbiriga yuqori darajadagi yaqinligi so’z o’zaklari va affiks larda, so’z strukturasida, grammatik kategoriyalar qo’llanishida, ran qurilishi va ma’nolar tizimida, izchil tovush o’zgarishlari ti- zimida va b.da namoyon bo’ladi. Bu yaqinlik S.t.ning kelib chiqish manbai yagonaligi, shuningdek, ularning adabiy tillar va lahjalar darajasidagi uzok, yillik alokalari b-n izoxlanadi. Shu b-n birga, 11 —15-a.lardan beri mustaqil tillar sifatida rivojlanib kelayotgani syabab- li ular orasida moddiy, funktsional va tipologik xarakterdagi bir qancha tafo- vutlar ham mavjud. St. o’zaro yaqinlik darajasiga ko’ra, 3 guruhga ajratiladi: Sharqiy slavyan (rus, ukrain, Belorus tillari), Jan. slavyan (bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari) va garbiy slavyan (Chex, slovak, polyak, yuqori va quyi lujisa tillari) guruxlari. Mazkur guruxlardan har bi- rining ichki bo’linishlari ham o’ziga xos- liklarga ega. S.t.ning har biri adabiy til b-n birga o’z hududiy lahjalarini qamrab oladi; bu unsurlarning o’zaro nisbati S.t.da turlicha namoyon bo’ladi. Zamonaviy St. yagona til (eng kad., keyinroq qad. va eski slavyan tili)ning uzoq tarixiy taraqqiyoti va bo’linishi natijasida paydo bo’lgan. 10— 11-a.lar- da kabila tillari asosida ayrim slavyan xalqlari tillari vujudga kelgan. Jan. va g’arbiy S.t.da bo’linish yuz bergan. 14-a.da Sharkiy S.t.ning ajralishi na- tijasida rus, Belorus va ukrain tillari yuzaga keladi. Turli tarixiy davrlarda S.t.ning mikdori va o’zaro nisbati tur- licha bo’lgan. Mac, 14-a.gacha Sharqiy st. mustaqil tillar emas, balki laxjalar darajasida o’zaro farklangan. Serblar va xorvatlar til jihatdan 19-a.ning 1-yarmidagina birlashganlar va ularning umumiy tili serbxorvat yoki xorvatserb deb atala boshlagan. Makedon tili esa 20-a.dagina shakllangan. Slavyan xalqlari (tillari) 2 alif- bodan foydalanadilar. Barcha Sharqiy slavyan tillari, bolgar, serbxorvat va makedon tillari kirill alifbosi aso- sidagi, barcha garbiy slavyan tillari, xorvat va sloven tillari esa lotin alif- bosi asosidagi yozuvlarga ega. Slavyanlar nutqidagi ayrim tovushlar uchun lotin alifbosida tegishli harflar bo’lmagan holatlar turli satr usti belgilarini qo’llash yoki harflarni qo’shish orqali bartaraf etilgan. S.t.dagi dastlabki yozma yodgorliklar, ularning shakllanish va rivojlanish vaqtlariga ko’ra, 11-a. dan 19-20-a.largacha bo’lgan davrlarga taalluqlidir. Ad.: Bernshteyn SB., Ocherk sravni- telnoy grammatiki slavyanskix Yazikov. Vvedenie. Fonetika, M., 1961; Naxtigal R., Slavyanskie yaziki, perevod so slo – Venskogo, M., 1963; Boshkovch R., Osnovi sravnitelnoy grammatiki slavyanskix Yazikov. Fonetika i Slovoobrazovanie, perevod s serbskoxorvatskogo, M., 1984. Abduvahob Madvaliev.