Slovak tili

Slovak tili — hindevropa til- lari oilasiga mansub slavyan tillari- ning g’arbiy guruhidagi til; Slovakiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan Slovakiyada, qisman AQSh, Chexiya, Ven- griya, Serbiya, Kanada, Polsha va Rumi- niyada tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 5,6 mln.kishidan ortiqroq. Lahjalari 3 guruhga bo’linadi: o’rta slovak, g’arbiy slovak va Sharkiy slovak. O’rta slovak laxjasi adabiy S.t.ga asos bo’lgan. S.t. yaqin qarindosh tillardan Chex tiliga yaqin turadi, ko’plab gramma- tik va leksik umumiyliklarga ega, Le- kin fonetik jihatdan o’ziga xos cho’ziq unlilar va diftonglarning qo’llanishi b-n fark,lanadi. S.t. lotin grafikasi asosida unga qo’shimcha diakritik bel- gilar qo’shish b-n yaratilgan yozuvga ega. Slovakiyada 18-a.gacha rasman Chex tili qo’llangan. St.dagi dastlabki matnlar 16-a. oxirlarida, dastlabki kitoblar esa 18-a. oxirlarida paydo bo’lgan.