SLOVASKIY
SLOVASKIY (Slowacki) Yuliush (1809.4.9, Kremenes, Ternopol viloyati yaqinida — 1849.9.4, Parij; 1927 y.da uning xoki Krakovga ko’chirilgan) — po- Lyak shoiri. Vilnyus un-tini tugatgan (1828). Dastlabki dostonlari («Gugo», 1829; «Yan Beleskiy», 1830 va b.) roman- tik ruxda. 1831 y.dan muhojirlikda yashagan. Yaqin Sharq mamlakatlariga sa- fari taassurotida «Neapoldan muqaddas joylarga sayohat» (tugallanmagan, 1836— 39)ini yozgan. «Angelli» (1838), «Shvey- tsariyada» (1839) kabi poetik asarlari- da xalq qudrati va kelajagiga ishonchi ifodalangan. S. polyak romantik teatri repertuarini yaratgan («Kordian», 1834; «Gorshtinskiy», 1835; «Xayolot», 1841 vab.). «Benyovskiy» dostoni (tugallanma- gan, 1841) ko’p yillik ijodiy izlanish- larining cho’qqisidir. S.ning falsafiy- tarixiy karashlari uning tugallanmay qolgan «QirolRuh» epopeyasida birmun- cha aks etgan.